Top
Inclusive Education and Practice

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARINI O‘RGATISH

Authors

Files

pdf

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘zlarning shakl va ma’no munosabatlarini o‘rgatishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Ona tili darslarida o‘quvchilarning lug‘at boyligini kengaytirish, so‘z ma’nosini anglash, shaklan bir xil yoki yaqin bo‘lgan so‘zlarni farqlash hamda ma’nodosh, zid ma’noli va shakldosh so‘zlardan nutq jarayonida to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Boshlang‘ich ta’limda mazkur mavzularni o‘rgatishda ko‘rgazmalilik, suhbat, taqqoslash, guruhlash, savol-javob, matn ustida ishlash, didaktik o‘yinlar va interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatlarini izchil o‘rgatish o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasi, mantiqiy fikrlashi va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslangan.

pdf

References

Details

Similar Articles

31-38 of 38

You may also start an advanced similarity search for this article.